O`zbekistondan Umra ziyoratlarini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga safarga chiqqan yurtdoshlarimiz Madina shahrida 3 kun davomida ziyoratlaridan so`ng asosiy Umra ibodatini bajarish uchun Makka shahriga etib keldilar.
Makkada ular qulay, masjiddan atigi 800 metr masofadagi "Abroj al-Kisva" mehmonxonasiga joylashib iftorlik qilib, xordiq chiqargandan so`ng Haram masjidiga borib Umra ibodatini bajarib kelishdi.
Hozirda Umra ziyoratiga olib borilishi rejalashtirilgan jami 660 dan ziyod o`zbekistonlik ziyoratchilar Madina va Makka shaharlarida sog`u-salomat ziyorat va duolar qilishmoqda.





