AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura Toshkentdagi 21-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarning nima sababdan namoyishga chiqqanlarini ochiqladi

'Bosh prokuratura Toshkentdagi 21-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarning nima sababdan namoyishga chiqqanlarini ochiqladi'ning rasmi

Toshkentda mehribonlik uyida bolalar norozilik namoyishi uyushtirilganligi haqida xabar berilgan edi.

Bosh prokuratura Matbuot kotibining darakchi.uzga  xabar berishicha, Yunusobod tumani prokurori rahbarligida tuzilgan ishchi guruhi tomonidan 21-son Mehribonlik uyining faoliyati tekshirilgan.

Tekshirish davomida muassasada nosog`lom va qoniqarsiz muhit tufayli ayrim tarbiyalanuvchilarda  norozilik kayfiyati paydo bo`lganligi va namoyish uyushtirilganligi aniqlandi.

Shu sababli, 26 aprel kuni 21-sonli Mehribonlik uyi direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Bundan tashqari, tekshirish davomida muassasa mansabdor va moddiy javobgar shaxslarining noqonuniy hatti-harakatlari oqibatida o`zganing ko`p miqdordagi mablag`lari o`zlashtirish va rastrata qilish yo`li bilan talon-taroj qilinganligi ma`lum bo`ldi.  

Mazkur holat yuzasidan 16 may kuni Jinoyat kodeksining   167, 205 va 207-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar