AsosiyJinoyat

Jizzaxda moliyaviy piramidani targ`ib qilib, fuqarolarning 692,3 mln. so`mini qo`lga kiritgan shaxslar aniqlandi

'Jizzaxda moliyaviy piramidani targ`ib qilib, fuqarolarning 692,3 mln. so`mini qo`lga kiritgan shaxslar aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning ma`lum qilishicha, Jizzax shahrida o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar Yu.M., Sh.I. va boshqalar 2022 yilning mart oyida “Gift Of Legacy” nomli o`yinni Instagram kanali orqali tashkilotchilar ko`rsatib o`tgan plastik kartasiga kamida 200 ming so`m yoki 50 AQSh dollari miqdoridagi mablag`ni o`tkazib berishsa, qisqa muddatda ushbu mablag`ni 7-8 barobarga ko`paytirib olishlari haqida reklama qilishgan. Bundan tashqari, o`zlari Telegram ijtimoiy tarmog`ida “200 ming so`mlik va 50 AQSh dollarlik onlayn gap” nomli guruhni tashkil etishib, o`yin ishtirokchilarining 692,3 mln. so`mini o`zlari va tanishlarining plastik kartalarga o`tkazib olishga erishib, pul mablag`larining bir qismini keyingi ishtirokchilar hisobidan dastlabki ishtirokchilar hisobiga o`tkazib berganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi (pul mablag`larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar