AsosiyJamiyat

Andijonda o`qituvchi o`quvchini urib, ko`ziga jarohat etkazdi

'Andijonda o`qituvchi o`quvchini urib, ko`ziga jarohat etkazdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtaobod tumani 13-maktab o`quvchisi kaltaklandi” sarlavhasi ostidagi xabarlar tarqalmoqda. 

 Ushbu holat bo`yicha Paxtaobod tumani xalq ta`limi bo`limi munosabat bildirdi:

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat 28 aprel kuni Paxtaobod tumanidagi 13-umumta`lim maktabi 10-sinf o`quvchisi A.R shu maktabnnig rus-tili fani o`qituvchisi S.Jning sinfxonaga kirish to`g`risidagi ko`rsatmasiga qo`pol ravishda javob qaytarganligi sababli ro`y berib, o`qituvchi S.Jning o`quvchi A.R ning qo`pol muomalasiga javoban o`quvchining ko`z qismiga urib tan (bir marotaba) jarohatii etkazilgan.

Ushbu holat yuzasidan o`sha vaqtdayoq tuman xalq ta`limi bo`limi tomonidan ishchi guruh tuzilib, holat atroflicha o`rganilgan va rus-tili fani o`qituvchisi S.Jga o`quvchi A.Rga nisbatan qo`pol muomala bo`lganligi sababli tegishli tartibda intizomiy jazo chorasi qo`llangan.

Bundan tashqari S.J maktabning ichki tartib qoidalariga rioya etishi bo`yicha qat`iy ogohlantirilib, o`quvchi A.R maktab ichki tartib qoidalariga rioya etmaganligi va ustozlariga nisbatan odob-ahloq qoidalariga zid ravishda muomala qilganligi sababli tushuntirish ishlari olib borilgan.

Eslatib o`tamiz, savl avval Surxondaryo viloyati Bandixon tumani 4-maktabning ingliz tili fani o`qituvchisi 9-sinf o`quvchisi dars mashg`ulotlariga tayyorgarlik ko`rmasdan kelganligi uchun uni urgan  va XTV ushbu holatni qoralagan edi

    Boshqa yangiliklar