AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yana 6 172 770 doza ZF-UZ-VAZ 2001 vaksinasi emlash jarayonlariga yo`naltirildi

'O`zbekistonda yana 6 172 770 doza ZF-UZ-VAZ 2001 vaksinasi emlash jarayonlariga yo`naltirildi'ning rasmi

O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinalar miqdori ko`paydi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Ma`lum qilinishicha, O`zbekistonda ishlab chiqarilgan 6 172 770 doza ZF-UZ-VAZ 2001 vaksinasi emlash jarayonlariga yo`naltirildi. Shunday qilib, O`zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 69 751 323 dozaga etdi.

Ulardan:  

- 2 606 080 dozasi AstraZeneca;

- 48 169 038 dozasi ZF-UZ-VAC2001;

- 1 341 790 dozasi "Sputnik V";  

- 10 688 860 dozasi Moderna;

- 4 626 180 dozasi Pfizer/BioNTech;

- 1 976 000 dozasi Sinovac;

-  343 375 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.

Shundan 53 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida qo`llanildi. Hozirda koronavirus infeksiyasiga qarshi 16 200 865 doza vaksina zaxirasi mavjud.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar