1

Samarqandda IIB xodimlari sayyohlarga elektroshoker ishlatdi

Jamiyat 23.05.2022, 10:30
Samarqandda IIB xodimlari sayyohlarga elektroshoker ishlatdi

Holat yuzasidan IIV munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 20 maydan 21 may kuniga o`tar kechasi Samarqand viloyati Samarqand shahrida tungi xizmatga jalb etilgan Samarqand shahar IIB Patrul-post xizmati xodimlari bilan sodir bo`lgan.

Ular Mirzo Ulug`bek ko`chasida qo`shni mamlakatdan O`zbekistonga mehmonga kelgan sayyohlarni shaxsini tekshirish jarayonida qo`pol munosabatda bo`lib, xizmat vazifasini va maxsus-texnik vositalarni qo`llash vakolatini suiiste`mol qilgan.

"Hozirda mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik xizmati tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.

Tekshiruv yakuniga ko`ra, qonunchilikka zid harakat qilgan barcha xodimlarning hamda faoliyatga mas`ul rahbarlarining xizmatdan bo`shatilishi va javobgarlik masalasi ko`rib chiqiladi",- deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1