1

Britaniyalik tadqiqotchilar internet yozishmalaridagi yolg`onni fosh etuvchi algoritmni ishlab chiqishdi

Dunyo 01.07.2016, 14:21
Teglar: Internet
Britaniyalik tadqiqotchilar internet yozishmalaridagi yolg`onni fosh etuvchi algoritmni ishlab chiqishdi

City University London tarkibiga kiruvchi Cass Business School tadqiqotchilar guruhi elektron xat matnidagi yolg`onni aniqlaydigan algoritmni ishlab chiqishdi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Tadqiqotchilar turli tilda yozilgan so`zlarning ishlatilishini, intertekstual xabarlarning signallarini o`rganib chiqishdi. Matndagi yolg`onni aniqlashda quyidagi holatlarga e`tibor berish lozim. Masalan, kishilik olmoshi kam ishlatiladi, ortiqcha ta`rif-tavsiflar beriladi. Haddan oshiq xushmuomalalik ham nosamimiylik belgisi hisoblanib, maktub muallifi o`zini yaxshi ko`rsatish uchun o`ta sertakalluf bo`lar ekan. 

Olimlar bu dastur ta`minoti bilan tashkilotlarni turli firibgarlik va moliyaviy yo`qotishlardan asrashni maqsad qilgan. Ular turli kompaniyalarga kim bilan hamkorlik qilish mumkin-u, kim bilan mumkin emasligini aniqlab beradi. Biznesdagi yolg`on jiddiy qonunbuzarliklarga duch kelishga va turli sud jarayonlarini boshdan kechirishga majbur qiladi. Tadqiqotchilarning ma`lumot berishicha, hamkorlarning aldovi tufayli AQSh da tadbirkorlar yiliga 200 milliard dollargacha pullaridan ayrilishadi. 

Tadqiqot mualliflari kompaniyalar ular ishlab chiqqan dasturdan foydalanadigan bo`lsa, yolg`onchilarni fosh etib, tashkilotlarini ortiqcha chiqimdan asrab qolishiga ishonch bildiradi.

Sharhlar

Freedom House internet erkinligi reytingini e`lon qildi. O`zbekiston nechinchi o`rinda?

17.10.2020, 15:59

Freedom House internet erkinligiga oid an`anaviy yillik hisobotini e`lon qildi. Unda O`zbekiston 100 balldan 27 ball to`plab, 65 davlat ichidan 57-o`rinda qayd etilgan.Tadqiqotchilar internetdagi erkinlikka...
​SAMARQANDDA TAShKIL ETILGAN «ELEKTRON POLIKLINIKA»DA Wi-Fi IShGA TUShDI

25.09.2017, 15:49

Samarqand shahridagi 12-son oilaviy poliklinikada aholini onlayn tarzda elektron ro`yxatga olish tizimi ishga tushirildi. «Elektron poliklinika» dasturi bemorlarni yagona elektron ro`yxatga olish va internet tarmog`i...
​Kvadrosikl haydagan kampirlar ijtimoiy tarmoq yulduziga aylandi (Video)

18.04.2017, 14:55

Ijtimoiy tarmoqlarda tataristonlik ikki nafar kampirning kvadrosikl haydagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo`ldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.Mazkur rolik Tataristonning Leninogorsk tumanidagi Shugurovo...
Facebook’ning to`g`ridan-to`g`ri efirida odam o`ldirildi

17.04.2017, 12:28

Ogayo shtatining Klivlend shahri polisiyasi o`z qurbonini Facebook tarmog`ining to`g`ridan-to`g`ri efirida o`ldirgan erkakni qidirmoqda.Reuters agentligi ma`lumotlariga ko`ra, translyasiya vaqtida gumonlanuvchi avval ham ko`p insonni o`ldirganini...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1