1

Quvaytga qum bo`ronlarni yopirilishi oqibatida aviaqatnovlar bekor qilindi

Dunyo 23.05.2022, 22:17
Quvaytga qum bo`ronlarni yopirilishi oqibatida aviaqatnovlar bekor qilindi

Quvayt fuqaro aviasiyasi ma`muriyati kuchli qum bo`ronlari sababli mamlakatdagi havo qatnovini to`xtatdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Quvayt xalqaro aeroporti dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:20 dan boshlab parvozlar uchun yopilgan. 

Fuqaro aviasiyasi boshqarmasi direktori o`rinbosari Imad Al-Jelvining aytishicha, parvozlar ko`rish yaxshilanishi bilanoq qayta boshlanadi. Qum bo`roni futbolga ham ta`sir qilgan. Quvayt futbol federasiyasi 23 may kuni bo`lib o`tadigan “Kazma” va "Al Salmiya” klublari o`rtasida o`tkazilishi kerak bo`lgan Amirlik kubogi final o`yini 24 may sanasiga qoldirganini ma`lum qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1