Hindiston va Bangladeshdagi suv toshqinlari oqibatida qariyb 100 kishi halok bo`ldi

Dunyo 24.05.2022, 00:06
Hindiston va Bangladeshdagi suv toshqinlari oqibatida qariyb 100 kishi halok bo`ldi

Hindiston va Bangladeshda hafta boshidan beri davom etayotgan kuchli yomg`irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari, ko`chkilar va bo`ronlar oqibatida kamida 57 kishi halok bo`ldi. Bu haqda Anadolu xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Hindiston va Bangladeshdagi suv toshqinlari, ko`chkilar va bo`ronlar millionlab insonlar hayotiga salbiy ta`sir ko`rsatgan. Hindistonning Bixar shtatida payshanba kuni sodir bo`lgan bo`ron oqibatida kamida 33 kishi halok bo`ldi.

Mamlakatning eng ko`p jabrlangan hududlaridan biri bo`lgan Bangladesh bilan chegaradosh Assam shtatida 14 kishi halok bo`ldi.

Assamda 850 mingdan ortiq odam elektrsiz, 90 mingdan ortiq odam uylaridan evakuasiya qilingan va vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirilgan.

Shtatda ko`plab uylar shikastlangan. Viloyatning qishloq xo`jaligi erlari va mahsulotlari katta zarar ko`rdi.

Bangladesh so`nggi yillardagi eng kuchli suv toshqinini boshdan kechirdi, chunki kuchli yomg`ir tufayli daryolar qirg`oqqa to`lib ketdi.

Tabiiy ofatdan mintaqadagi 2 million kishi jabr ko`rdi. Bangladesh rasmiylari hozirgacha suv toshqinlari oqibatida 10 kishi halok bo`lganini ma`lum qildi.

Mamlakat shimoli-sharqidagi Silxet shahrida 50 mingdan ortiq xonadonda elektr energiyasi uzilgan. Qayd etilishicha, suv sathi pasaymagani uchun hududda ma`lum muddat elektr energiyasi ta`minlanmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1