1

Dunyoning 70 mamlakatida koronavirusni yuqtirish holatlari ko`paymoqda — JSST

Dunyo 24.05.2022, 11:30
Dunyoning 70 mamlakatida koronavirusni yuqtirish holatlari ko`paymoqda — JSST

Jahonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari yana oshib bormoqda. So`nggi haftada o`sish dinamikasi dunyoning 70 ga yaqin davlatida qayd etilgan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda.  

JSST rahbari Tedros Gebreyesus Jenevada bo`lib o`tayotgan assambleya sessiyasida Afrika davlatlarida COVID-19dan o`lim ko`rsatkichlari ko`payayotgani ham xavotirli ekanligini ta`kidladi.  

Uning so`zlariga ko`ra, “koronavirus har qadamda “tuhfa”lar hozirlashi mumkin va uning intensivligini oldindan aytib bo`lmaydi”.

Xo`sh, buyog`iga qanday yo`l tutgan ma`qul?

T. Gebreyesus bu haqda to`xtalar ekan, barcha mamlakatlarni aholisining kamida 70 foizini emlash bilan qamrab olishga chaqirdi.

Shu bilan birga, tibbiyot xodimlari, 60 yoshdan oshganlar hamda yondosh kasalligi bo`lganlar 100 foiz vaksina olishlari zarur.  

Ammo, bugungi kunga qadar atigi 57 ta davlat 70 foizlik ko`rsatkichga erishgan, xolos. Dunyoda miqyosida esa bu raqamlar o`rtacha 60 foizni tashkil etyapti.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1