1

Mol-mulk solig`i va er solig`idan imtiyozga ega bo`lgan soliq to`lovchilar ushbu soliqlarning 1 foizini to`laydi

Jamiyat 24.05.2022, 12:10
Mol-mulk solig`i va er solig`idan imtiyozga ega bo`lgan soliq to`lovchilar ushbu soliqlarning 1 foizini to`laydi

Avvalroq Soliq kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritilgani xabar qilingan edi. 

Davlat soliq qo`mitasi matbuot xizmati taqdim etgan ma`lumotga ko`ra, demak, mol-mulk solig`i va er solig`ini to`lashdan to`liq ozod etilgan tadbirkorlik subektlari ushbu soliqlar bo`yicha hisoblangan summaning 1 foizini to`laydi. Mazkur qoida ularga Soliq kodeksining 483-moddasida, shuningdek, Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlarga taalluqlidir va 3 oydan keyin kuchga kiradi.

Soliq kodeksining 75-moddasi 11-qismi

Ushbu o`zgarishlar mol-mulk va er soliqlarini to`lashdan ozod etilgan soliq to`lovchilarning va soliqdan ozod etilgan soliq obektlarini hisobini yuritish maqsadida kiritilgan.

Eslatma: Soliq kodeksining 483-moddasiga muvofiq quyidagilar mol-mulk solig`i va er solig`ini to`lashdan ozod qilinadi:

- O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida Qoraqalpog`iston Respublikasining har bir shahri va tumani uchun "o`sish nuqtasi" deb belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subektlari — 2024 yil 1 yanvarga qadar bo`lgan muddatga;

- Qoraqalpog`iston Respublikasining Taxtako`pir, Bo`zatov va Shumanay tumanlarida joylashgan, yangidan tashkil etilgan sanoat sohasidagi tadbirkorlik subektlari — 2024 yil 1 yanvarga qadar bo`lgan muddatga;

- Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan aniqlangan ro`yxat bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasida xizmatlar ko`rsatishga ixtisoslashtirilgan va og`ir sharoitlardagi 45 ta mahalla va ovullarda joylashgan, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subektlari — 2026 yil 1 yanvarga qadar bo`lgan muddatga;

- Surxondaryo viloyatining Bandixon, Qiziriq, Muzrabot, Sherobod tumanlarida, tog`li hududlarida va er maydonlari sho`rlangan hududlarida davlat ro`yxatidan o`tib, yangidan tashkil etilgan va ushbu tumanlarda (hududlarda) o`z faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subektlari 2024 yil 1 yanvarga qadar bo`lgan muddatga;  

- Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida favqulodda hodisa oqibatida zarar ko`rgan baliqchilik, chorvachilik hamda parrandachilik xo`jaliklari — 2022 yil 1 noyabrga qadar bo`lgan muddatga.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1