1

Metro yo`lovchilarini “qo`rqitgan” o`rindiqlarning shakli o`zgardi

Jamiyat 24.05.2022, 18:54
Metro yo`lovchilarini “qo`rqitgan” o`rindiqlarning shakli o`zgardi

Biroz avval, yo`lovchilardan biri Toshkent metrosining “Olmazor” bekatidagi o`rindiqlar qandaydir ramziy ma`noga egaligini bildirib, uni qo`rqitib yuborganini aytgani, undan so`ng holatga Toshkent metropoliteni Matbuot xizmati munosabat bildirganini e`lon qilgan edik.  

Qayd etilishicha, ushbu o`rindiqlar hech qanday ramziy ma`noga ega emas.

"Shu o`rinda, fuqarolardan noo`rin xulosalarga kelmasliklarini so`raymiz. Jumladan, kutish o`rindiqlari maxsus tarzda ikki tomonlama ochiq qilib joylashtirilgan",-deyiladi xabarda.

Internetda turli muhokamalarga sabab bo`lgan o`rindiqlar tushdan so`ng o`z shaklini o`zgartirganini ma`lumot qilamiz. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1