1

Ko`hna Buxoro "Jahon hunarmandchilik shahri" maqomini oldi

Jamiyat 25.05.2022, 12:09
Ko`hna Buxoro "Jahon hunarmandchilik shahri" maqomini oldi

Bugun ko`hna Buxoroning Ark qo`rg`onida "Xalqaro zardo`zlik va zargarlik festivali" hamda "Milliy kashtado`zlik san`ati festivali"ning tantanali yopilish va taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda ayni damda ushbu tadbirda ishtirok etib turgan "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov xabar qildi. 

Tantanada Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi raisi Baxtiyor Sayfullaev, Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad al Kaddumiy so`zga chiqdi.

Quvonarlisi, Buxoroga Butunjahon hunarmandlar kengashi tomonidan "Jahon hunarmandchilik shahri" maqomi berildi. Maxsus sertifikatni Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad al Kaddumiy Buxoro shahar hokimiga taqdim qildi.

Ilk marotaba tashkil etilgan Xalqaro festivalda Afg`oniston, Jazoir, Argentina, Armaniston, Avstraliya, Avstriya Ozarbayjon, Baxrayn, Bangladesh, Belarusiya, Belgiya, Butan, Braziliya, Bolgariya, Kanada, Chili, Xitoy, Kolumbiya, Xorvatiya, Misr, Fransiya, Gruziya, Vengriya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Isroil, Italiya, Iordaniya, Qozog`iston, Quvayt, Qirg`iziston, Laos, Livan, Malaziya, Mali, Meksika , Marokash, Namibiya, Yangi Zelandiya, Pokiston, Falastin, Rossiya, Shotlandiya, Serbiya, Shri Lanka, Ispaniya, Shvesiya, Tojikiston, Tayland, Liderlandiya, Tunis, Turkiya, Buyuk Britaniya, Ukraina, AQSh, Vetnam, O`zbekiston davlatlari ishtirok etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1