Toshkent aeroportida pul evaziga reysga navbatsiz o`tish imkonini beruvchi xizmat ishga tushirildi

Jamiyat 25.05.2022, 12:50
Toshkent aeroportida pul evaziga reysga navbatsiz o`tish imkonini beruvchi xizmat ishga tushirildi

"Uzbekistan Airports" axborot xizmati ma`lum qilishicha, Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish terminalida yo`lovchilarga reysga ro`yxatdan o`tish, bojxona va pasport nazorati, shuningdek, parvoz oldidan tekshiruvlardan navbatsiz o`tish imkonini beruvchi "Fast-track" xizmati ishga tushirildi.

"Fast-track" xizmatidan foydalanish uchun yo`lovchi jo`nash terminalidagi ma`lumot burchagiga murojaat qilishi kerak. To`lov amalga oshirilganidan so`ng aeroport xodimi yo`lovchini maxsus "koridor" bo`ylab "steril" zonagacha kuzatib boradi va u erdan yo`lovchi mustaqil ravishda bortga chiqadi.

"Fast-track" xizmatining narxi — 170 ming so`m. Shuningdek, oila a`zolari bilan uchayotgan yo`lovchilar uchun "Oilaviy" paketi mavjud. To`lovni milliy valyutada naqd pulda yoki plastik karta orqali amalga oshirish mumkin, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1