AsosiyDunyo

Kamchatkada odamxo`r ayiq otib o`ldirildi

Kamchatkada odamxo`r ayiq otib o`ldirildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

1 iyul kuni Kamchatkaning Elizovskiy tumanida vahshiy ayiq tirnoqlari burdalab tashlagan erkak jasadi topilgan. Odamxo`r ayiqni ushlash uchun bir kun vaqt ketdi, u voqea joyidan uzoq bo`lmagan erda izg`ib yurgan. U taxminan  4-4,5 yoshdagi, og`irligi 170 kilogramm bo`lgan ona ayiq bo`lib chiqdi.  

Erkakning o`limi yuzasidan Rossiya tergov qo`mitasining hududiy boshqarmasi tomondan tergov-surushtiruv ishlari olib borilmoqda. Jasad qoldiqlari esa ekspertizaga yuborilgan

“Dastlabki sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko`ra erkak jasadida ayiqning tishi va tirnoqlaridan olgan jarohatdan tashqari, o`tkir tig`li jism bilan kesilgan jarohatlar ham bo`lgan. Hozirda erkak ayiq hujumidan halok bo`lgani yoki olgan tan jarohati oqibatida hayotdan ko`z yumganligiga aniqlik kiritilmoqda”, deb xabar berdi boshqarma xodimlaridan biri.

Yil boshidan beri Kamchatkada inson hayotiga xavf solgan etti nafar ayiq otib o`ldirilgan. O`rmon xo`jaligi agentligining ma`lumot berishicha, yarim orolda 21 mingdan ortiq yirtqich ayiqlar yashaydi.

    Boshqa yangiliklar