Yangi Zelandiya hukumati kasallikka chalinish xavfi yuqori bo`lganlarga vaksinaning to`rtinchi dozasi bilan emlanishni tavsiya qilmoqda. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
"COVID-19 bilan kasallanish xavfi yuqori bo`lgan yoki ushbu infeksiyadan jiddiy asoratlarni boshdan kechirishi mumkin bo`lgan odamlar 2022 yil 1 iyuldan boshlab ikkinchi doza olish huquqiga ega bo`ladi", - deydi mamlakat koronavirusga qarshi kurash vaziri Kris Xipkinz.
Qayd etilishicha, keksa kishilar, nogironlik uylari, immuniteti zaif odamlar emlanishi kerakligi aytilmoqda.






