Afg`oniston aholisining 95 foizi oziq-ovqat tanqisligini boshdan kechirmoqda

Dunyo 27.05.2022, 23:36
Afg`oniston aholisining 95 foizi oziq-ovqat tanqisligini boshdan kechirmoqda

Afg`onistonning har ikkinchi aholisi hozir ochlikdan aziyat chekmoqda va yaqin kelajakda mamlakatda oziq-ovqat bilan bog`liq vaziyat yanada yomonlashishi mumkin. Bu haqda Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ma`lum qildi

"Yaqin kelajakda Afg`onistonda oziq-ovqat bilan bog`liq vaziyat keskin yomonlashishi mumkin. Mavjud ma`lumotlarga ko`ra, 40 milliondan ortiq aholining qariyb 95 foizi bugungi kunda oziq-ovqat tanqisligini boshdan kechirmoqda, 55 foizga yaqini esa ochlikdan aziyat chekmoqda", — deydi Patrushev. 

2021 yil avgustida "Tolibon" hokimiyatni egallab olganidan so`ng afg`onlarning ko`pchiligi xorijga yo`l oldi. Birgina BMTning rasmiy ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilda qochqinlar soni 2,6 million kishini tashkil etgan", — dedi Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1