AsosiyDunyo

Madinadagi terakt qurbonlari soni 4 kishiga etdi

Saudiya Arabistonining Madina shahrida ro`y bergan terakt oqibatida xudkush-terrorchidan tashqari 4 nafar polisiya xodimi halok bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Hujum kecha, 4 iyul kuni kechki namoz vaqtida ro`y bergan. Berilgan ma`lumotlarga ko`ra, huquq-tartibot idorasi xodimlarining hushyorligi tufayli portlashning oldi olingan. Xudkush namoz o`qilayotgan machitga kirishga harakat qilgan, polisiyachilar uning o`zini tutishidan shubhalanib, ichkariga qo`ymagan. Shunda xudkush-terrorchi portlovchi qurilmani ishga solgan. 4 nafar polisiyachi voqea joyida halok bo`lgan, 5 nafari yaralangan. Hozircha teraktni birorta terrorchilik guruhi o`z bo`yniga olgani yo`q.

Shu kuni Saudiya Arabistonining sharqida joylashgan El-Katif shahrida ham 2 marta portlash yuz bergan. 4 iyul kuni Jidda shahrida AQSh elchixonasini portlatmoqchi bo`lgan xudkushning shaxsi aniqlandi, u Pokiston fuqarosi Abdulla Kalzar Xon bo`lib chiqdi. U bundan 12 yil ilgari qirollikka kelgan bo`lib, haydovchi bo`lib ishlaganligi ma`lum bo`ldi.

Boshqa yangiliklar