AsosiyDunyo

Misr sudi mamlakatning sobiq prezidenti Muhammad Mursiyni terrorchi deb tan oldi

Misr mamlakatining sobiq prezidenti Muhammad Mursiy terrorchi deb tan olindi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Muhammad Mursiyni terrorchilar ro`yxatiga kiritish to`g`risida Qohira jinoiy ishlar bo`yicha sudi qaror chiqardi. Bu ro`yxatda sobiq prezidentdan tashqari yana “Musulmon og`aynilar” diniy-siyosiy assosiasiyasining yuqori martabali a`zolari bo`lgan 35 kishi, shu jumladan assosiasiyaning rahbari Muhammad Badialar ham kiritilgan.

Muhammad Mursiy 2013 yilning iyul oyida xalq isyon ko`targandan keyin lavozimidan bo`shatilib, qamoqqa olingan edi. Sud Mursiyni Qatar foydasiga josuslikda ayblab, o`lim jazosiga, 2011 yilning inqilob kunlarida Vadi an-Natrunning qamoqdan qochishini tashkil qilganlikda, chet el razvedkasiga ishlaganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Boshqa yangiliklar