AsosiyDunyo

Ispaniyalik kelin-kuyov “Tez yordam” mashinasida nikohdan o`tdi

Ispaniyalik kelin-kuyov “Tez yordam” mashinasida nikohdan o`tdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Ismi-sharifi oshkor etilmagan kelin-kuyovning nikoh marosimi Madrid ma`muriy binolaridan birida bo`lib o`tishi ko`zda tutilgan edi. 50 yoshli kuyov qon bosimining balandligidan aziyat chekkan. Nikoh to`yi kuni u o`zini yomon his qilgan. To`yga kelgan qarindoshlar “Tez yordam” mashinasini chaqirishgan. Etib kelgan tibbiyot xodimlari kuyovning qon bosimi tushishini kutgan, ammo keyin uni kasalxonaga yotqizishga qaror qilishgan. Kuyov mazasi yo`qligiga qaramay, kelin bilan nikohdan o`tkazishlarini talab qilgan. “Men unga nikohdan boshqa kun o`tarsizlar dedim, ammo kuyov bunga ko`nmadi”, dedi mahalliy kengash a`zosi Ester Gomes. Uning ma`lumot berishicha, vrachlar bemorning ahvoli u darajada og`ir emasligini bildirgach, kelin “Tez yordam” mashinasida yotgan kuyovning oldiga chiqqan va o`sha erda kelin-kuyovning nikohi qayd etilgan. To`yga kelganlar ularning ortidan baxt tilab qolgan.

    Boshqa yangiliklar