Ikki tomonlama hujjatlar to`plami imzolanishi rejalashtirilgani aytilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Tojikiston rahbari Emomali Rahmon joriy yil 2-3 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O`zbekistonda bo`ladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoev matbuot kotibi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, muzokaralar kun tartibidan do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o`rin olgan. Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashishlari ko`zda tutilgan.
Eslatib o`tamiz, avvalroq ushbu ma`lumotni Tojikistonning O`zbekistondagi elchisi ham berib o`tgan, ammo u tashrif bo`yicha aniq sanalarni keltirmagan.






