Amerikaning Kaliforniya shtatida yashovchi ayol o`zini pushti rang narsalar bilan qurshab olish uchun 1,5 million dollar sarfladi, deb yozadi Daily Mail nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, Kitten Key Sera so`nggi 35 yil davomida faqat pushti libos va taqinchoqlar taqadi. Shuningdek 52 yoshli ayol o`z uyini ham sevimli rangiga bo`yagan. Uning itining rangi ham pushti.
«Men pushti rangni sevaman va unga umrimni bahshida etdim», — deydi Sera.
Gollivudda yashaydigan ayolning so`zlariga ko`ra, u Peris Xilton, Rubi Rouz, Ellen fon Unvert va Beyonse kabi yulduzlar bilan fotosessiyalarda qatnashgan. Ta`kidlanishicha, Sera o`zining albomini yozmoqda.