Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Buyuk Britaniyaning Iroqqa qilgan hujumini noqonuniylikda aybladi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Britaniya qirolligining Iroqqa hujum uyushtirishi to`g`risidagi bayonotini Mariya Zaxarova “Rossiya bir necha yillardan beri bashorat qilgan voqealar o`z tasdig`ini topdi”, deb baholadi.
Mariya Zaxarova shuningdek, Britaniyaning Iroqqa noqonuniy hujum uyushtirishining hojati bo`lmaganligini, halok bo`lgan 150 ming Iroq fuqarosi uchun kim javob berishi noma`lumligicha qolayotganini ham ta`kidlab o`tdi.