AQShda egizak opa-singillar Sara Marius va Li Rojerslar bir kunda, bir paytda, ammo boshqa-boshqa shaharda farzand ko`rdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
35 yoshli amerikalik, egizak opa-singillar 30 iyun kuni ilk farzandini dunyoga keltirishdi. Mariusning Kolorado shtati Denver shahar klinikasida, Rojersning esa Kaliforniya shtati La-Xolya shahar klinikasida ko`zi yoridi. Bolalar o`rtasidagi farq atigi 1 soatni tashkil qildi, ammo shaharlar vaqti o`rtasidagi tavofut tufayli ular bir kunda, bir paytda tug`ildi deb hisoblandi.
Marius o`g`lini Rid Jozef, Rojers qizini Samanta Linn deb atadi.
Mariusning aytishicha, opa-singil bir kunda farzand ko`rish uchun homiladorlikni rejalashtirishmagan. Ammo ular buni tushuntirish qiyin bo`lgan, egizaklar o`rtasidagi sirli aloqaga bog`liq deb hisoblashdi.
“Sarguzashtlar davom etadi, chunki bizga o`xshab, bolalarimiz ham bir kunda tug`ilgan”, – dedi Rojers.