AsosiyJamiyat

"Toshkent-Dushanbe" yo`nalishida poezd qatnovi yo`lga qo`yiladi

'"Toshkent-Dushanbe" yo`nalishida poezd qatnovi yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Sal avval Toshkentdagi Ko`ksaroy qarorgohida Tojikiston prezidentini kutib olish marosimi bo`lib o`tdi. Unda Shavkat Mirziyoev ham ishtirok etdi. Marosimda ikki davlat madhiyalari yangrab, mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Mirziyoev boshchiligida har ikki davlat rasmiy vakillari bilan tanishtiruv marosimi bo`lib o`tdi. Shundan so`ng, tomonlar o`rtasida tor doirada uchrashuv o`tkazildi.

Ayni vaqtda Ko`ksaroy qarorgohida bo`lib o`tayotgan brifingda prezident Shavkat Mirziyoev ma`lum qilishicha, joriy yilning 20 iyun sanasidan boshlab Toshkent-Dushanbe yo`nalishida yo`lovchi poezdi qatnovi yo`lga qo`yiladi. 

"Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov tadbirdan to`g`ridan-to`g`ri xabar bermoqda.

    Boshqa yangiliklar