AsosiyJamiyat

Haj safarining boshlanish kuni e`lon qilindi

'Haj safarining boshlanish kuni e`lon qilindi'ning rasmi

“Haj – 2022” mavsumiga tayyorgarlik ko`rish yuzasidan bo`lib o`tgan brifingda haj safari boshlanish kuni ham ma`lum qilindi.    

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston ziyoratchilari shu yil 18 iyun kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining so`nggi rusumdagi zamonaviy havolaynerlari orqali Saudiya Arabistoniga parvoz qiladi. Muborak safarga jo`nash aviaqatnovlari shu yil 30 iyunga qadar davom etadi.  

Ziyoratchilar O`zbekistonning 7 ta hududi – Toshkent, Namangan, Samarqand, Qarshi, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlaridan tashish reja qilingan.  

Barcha reyslar to`g`ridan-to`g`ri Madina shahriga amalga oshiriladi.  

Ma`lumot uchun, joriy yil 14-31 iyul kunlari esa ziyoratchilarimiz ushbu mamlakatdan yurtimizga olib kelinadi.

Eslatib o`tamiz, sal avval joriy yilda Haj ibodatini ado etish qancha etib belgilangani va bu yilgi tartiblar ma`lum qilingan edi. 

    Boshqa yangiliklar