Samarqand Axborot texnologiyalari texnikumida ishlovchi shaxs talabaga pichoq otganligi yuzasidan qo`shimcha ma`lumot taqdim etildi.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 3 iyun kuni soat 20:50 lar atrofida Samarqand Axborot texnologiyalari texnikumida xo`jalik mudiri lavozimida ishlovchi J.A. talabalar yotoqxonasida yashovchi, shu texnikumning birinchi bosqichida tahsil olayotgan Z.Z.ning xonasiga kirgan vaqtida talaba o`rnidan turmay joyida yotganligi sababli ular o`rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Natijada J.A. stol ustida turgan oshxona pichog`ini Z.Z.ga qarata otgan. Oshxona pichog`i talabaning o`ng oyog`i pastki qismiga tekkan hamda talaba tan jarohati olgan. Hozirda talabaning ahvoli yaxshi.
"Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda", deydi viloyat IIB Axborot xizmati rahbari Jaxongir Sagdullaev.