1

O`zbek san`atkorlari turmush o`rtoqlarining familiyasiga o`tish jarayoni haqida so`zlab berishdi

Shou-biznes 09.07.2016, 14:45
Teglar: Ayol, To`y
O`zbek san`atkorlari turmush o`rtoqlarining familiyasiga o`tish jarayoni haqida so`zlab berishdi

Qiz bola turmushga chiqqanidan so`n, aksariyat hollarda turmush o`rtog`ining familiyasiga o`tadi. Ammo u el nazaridagi taniqli ijodkor bo`lsa-chi? Familiyasini o`zgartirishga ko`narmikan yoki taniqli familiyasida qolishni ma`qul toparmikan degan fikrda “Hordiq” gazetasi bu savol bilan ba`zi bir ijodkor ayollarga murojaat etdi.

Madina Mumtoz: “Mening qizlik familiyam Musaeva bo`lishiga qaramay, ko`pchilik Mumtoz taxallusim orqali taniydi. Turmushga chiqqach, turmush o`rtog`imning familiyasiga o`tishga qaror qildim. Chustiy degan kamyob va noodatiy familiyam haligacha ko`pchilikni hayratga soladi. Nimagadir ko`pchilik bu familiyani taxallus deb o`ylaydi”.

Shodiya To`xtaeva: “Barcha qizlar singari turmushga chiqqach, turmush o`rtog`imning familiyasiga o`tdim. Hozir familiyam To`xtaeva emas, balki Abduqodirova. Menimcha, ijodda ism-familiyaning ahamiyati yo`q, familiyam o`zgargani bilan hamon o`sha-o`sha Shodiyaman”. 

Parizoda: “Men ham turmushga chiqqach, turmush o`rtog`imning familiyasini qabul qildim. Hozirgi familiyam Safarova. Taxallus bilan ijod qilganim bois, hech kim qizlik familiyamni bilmaydi. Familiyamni o`zgartirganim hech qanday muammo va chalkashliklarga sabab bo`lmadi. Keyin Safarova degan familiya ham yomon jaranglamaydi”.

Muhabbat Qurbonova: “Ilgarilari turmushga chiqsam, albatta turmush o`rtog`imning familiyasiga o`taman, deb orzu qilardim. FHDYo bo`limiga ariza berayotganda, hech ikkilanmay, familiyam o`zgarishiga rozi bo`lganman. Hozirgi familiyam G`ulomova. Ammo familiyam o`zgarganini aytgan bo`lsam-da, ismimni e`lon qilishayotganda haligacha Muhabbat Qurbonova deb sahnaga taklif etishadi. Yangi familiyam bilan chaqirish noqulay bo`lyapti, shekilli”.

Sharhlar

Samarqandda to`yda yo`qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduqdan topildi (video)

01.10.2022, 14:39

Samarqanddagi to`yxonada yaqinlarining qarovsiziligi sabab yo`qolgan bolakay, bazmgoh atrofidagi 8 metrlik quduqqa tushib ketganligi aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha,...
To`y fojiaga aylandi: marosimga ketayotgan kuyov daryoga cho`kib ketdi

20.07.2022, 09:30

Pokistonda to`yda ishtirok etish uchun kelayotgan mehmonlar bo`lgan qayiq cho`kib ketdi, deya xorij OAVga asoslanib yozmoqda "Zamon.uz"Ma`lum qilinishicha, kamida 20 kishi halok bo`lgan. Ular ayollar...
O`zbekistonda to`ylarni 100 kishilik qilib o`tkazishga ruxsat berildi

20.09.2021, 10:56

Avval xabar berganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining yig`ilishida O`zbekistonda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va ma`naviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli o`tkazish uchun qulay...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1