AsosiyJinoyat

Andijon shahar hokimi hibsga olindi

'Andijon shahar hokimi hibsga olindi'ning rasmi

Sal avaal Andijon shahar hokimi katta miqdorda byudjet mablag`larini talon- toroj qilganlikda gumonlanib, qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov "darakchi uz"ga ma`lumot taqdim etdi.

Ma`lum qilinishicha, jinoyat ishi doirasida 2022 yil 6 iyun kuni Andijon shahar sobiq hokimi gumonlanuvchi tariqasida prosessual tartibda ushlangan. 

"Ish bo`yicha haqiqatni aniqlashga to`sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi", - deyiladi taqdim etilgan ma`lumotda.

    Boshqa yangiliklar