Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar surati joylashtirilib, «Parkent tumani So`qoq qishlog`ida eshak go`shtidan taom (shashlik)tayyorlashmoqda, ehtiyot bo`ling» kabi xabar tarqatildi.
Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, holat Toshkent viloyati hududida emas, Qashqadaryo viloyatida, o`tgan 2021 yilning iyun oyida qayd etilgan bo`lib, viloyat IIB tomonidan tegishli tartibda chora ko`rilgan.
"Shu o`rinda fuqarolardan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan yolg`on yoki tekshirilmagan axborotlarni tarqatmasliklarini so`raymiz", - deyiladi xabarda.