Bukingem saroyi qirolicha Elizeveta II idish yuvuvchini ishga olishi haqida e`lon berdi.
Xodimga 5 ish kuni uchun 16,8 ming evro miqdorda yillik daromad va`da qilinmoqda, deya xabar beradi Uz24 nashri. Shuningdek, 33 dam olish kuni va pensiya ta`minoti ham ko`rib chiqiladi.
Nomzodlar nafaqat Bukingem saroyida, balki boshqa qirollik saroylarida ham idish yuvishlari kerak.
Ushbu ishda faoliyat yuritish uchun tajriba talab etilmaydi, yangi xodimga hammasi o`rgatiladi, deb yozadi The Mirror.





