AsosiyJinoyat

Buxorolik shaxs fuqaro va tadbirkorlarni 51 000 AQSh dollariga "chuv tushirdi"

'Buxorolik shaxs fuqaro va tadbirkorlarni 51 000 AQSh dollariga "chuv tushirdi"'ning rasmi

Uning kirdkorlari Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fosh qilindi

Aniqlanishicha, fuqaro J.T. 3 nafar tadbirkorning ishonchiga kirib, ularga “O`zbekiston havo yo`llari” AJ bilan mahsulotlarni etkazib berishni, shuningdek, Chirchiq shahrida “laminat” ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlar bilan shartnomalar tuzib berishni va`da qiladi. Buning evaziga jami 44 000 AQSh dollarini talab qiladi va pullarni qo`lga kiritadi.

Bundan tashqari, J.T. fuqarolar G`. va U.ga navbatsiz “Lacetti” rusumli avtotransport vositasini olib berish evaziga 7 000 AQSh dollarini olgani ham ma`lum bo`lgan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar