AsosiyJamiyat

Jizzaxda “Afrosiyob” poezdi 2 nafar bolani urib ketdi. Ulardan biri halok bo`ldi

'Jizzaxda “Afrosiyob” poezdi 2 nafar bolani urib ketdi. Ulardan biri halok bo`ldi'ning rasmi

Toshkent – Samarqand yo`nalishida soatiga 190 kilometr tezlikda harakatlanayotgan “Afrosiyob” tezyurar poezdi Jizzax viloyati G`allaorol tumani hududidan o`tgan temir yo`lning 3652- kilometrida 2 nafar voyaga etmaganni urib yubordi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda

Ma`lum qilinishicha, 2007 yilda tug`ilgan jabrlanuvchilardan biri shifoxonada ko`rsatilgan muolajalarga qaramasdan hayotdan ko`z yumgan, ikkinchi fuqaro esa hamon jonlantirish bo`limida.     

Qayd etilishicha, mazkur hodisa Marjonbuloq shaharchasidagi 73- sonli o`rta umumta`lim maktabida G`o`bdin, Yangidala, O`zbek oltini, Marjonbuloq, Geologlar, Nurafshon mahalla fuqarolar yig`inlari raislari, profilaktika inspektorlari, o`qituvchilar hamda aholi ishtirokida muhokama qilingan.

Eslatib o`tamiz, sal avval Toshkent viloyatida bir kunda 2 kishi poezd urib ketishi oqibatida halok bo`lgani xabar qilingan edi. 

    Boshqa yangiliklar