AsosiyJamiyat

O`zbekistonda non narxlari tushishi mumkinmi? Mamlakat o`zini un bilan ta`minlay oladimi?

'O`zbekistonda non narxlari tushishi mumkinmi? Mamlakat o`zini un bilan ta`minlay oladimi?'ning rasmi

O`zbekistonda don mahsulotlari narxlarining oshib borishi Qozog`istonda don mahsulotlari eksportiga qo`yilgan kvotalar bilan bog`liqmi? Shunga qaramay O`zbekiston don mahsulotlari bilan o`zini o`zi ta`minlay oladimi?  Mamlakatda non narxlari arzonlashishi mumkinmi?

Bugun, 10 iyun AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida yuqoridagi savollarga javob berildi.

"Xabaringiz bor, bizda Qozog`istondan import qilinadigan bug`doyning sifati o`zimiznikidan farq qiladi. Bundan tashqari mamlakatdan import qilingan bug`doydan un ishlab chiqariladi. Endi ayni kunlarda muhokamalarga sabab bo`layotgan qolipli nonga kelsak, bu uchun kerakli mahsulot un hisoblanadi. Tadbirkorlar bunda asosan mahalliy undan foydalanadi. Mahalliy unni birja savdolariga qo`yilishi natijasida narx qimmatlashdi. O`zingiz ham o`ylab ko`ring, 1 qolip nonni ishlab chiqarish uchun 440 grammga yaqin un sarflanadi. Agar bir kg un narxi o`rtacha 4300 so`m bo`ladigan bo`lsa, 440 gramm un narxi tashqi xarajatlar bilan deyarli 2000 so`mga yaqinlashib qolmoqda"-deydi Moliya vazirligi bo`lim boshlig`i Shuxrat Abdimajitov.

Shuxrat Abdimajitovning ta`kidlashicha, tadbirkorlar endi narxlarga mos ravishda ham nonni 1600 so`mdan sota olishmaydi.

"Ular ham foyda ko`rishlari kerak, xarajatlarini qoplab olishlari lozim",-deydi u.

Qayd etilishicha, mamlakatda qolipli non narxlari o`zi erkin edi. Biroq vaqtinchalik karantin davrida aholini arzon un va non mahsulotlari bilan ta`minlash chorasi ko`rildi. Bunda non ishlab chiqaruvchilarga un narxi belgilangan miqdorda sotildi. 

"Vaqtinchalik chora vazifasini bajarib bo`ldi. Don korxonalari ham o`zi ishlab chiqargan unini bozor bahosida sotib, etarlicha foyda olib, o`zini tiklaydigan hamda texnologiyalarini yangilaydigan darajaga etib kelishi kerak",- deydi Moliya vazirligi bo`lim boshlig`i .

    Boshqa yangiliklar