AsosiyDunyo

Trampga impechment e’lon qilish bo‘yicha yana urinish

Bu safar Tramp AQSH Konstitutsiyasi va demokratiyasiga tahdid soluvchi, prezidentlikka noqobil shaxs deb ataldi.

'Trampga impechment e’lon qilish bo‘yicha yana urinish'ning rasmi

 AQSH Kongressining Demokratlar partiyasidan bo‘lgan vakili Shri Tanedar (Michigan shtati) dushanba kuni sobiq prezident Donald Trampka qarshi impichment bo‘yicha yettita moddadan iborat taklifni taqdim etdi.

Bu 2025 yilda Tramp yoki uning ma’muriyati a’zolariga qarshi ilk impichment urinishi hisoblanadi. Tanedar o‘z bayonotida Trampni “Konstitutsiya va demokratiyamizga ochiq va hozirgi tahdid soluvchi, prezidentlikka noqobil shaxs” deb atadi.

U taqdim etgan impichment moddalari adolatga to‘siq qo‘yish, hokimiyatni suiste’mol qilish, vakolatni noqonuniy o‘zlashtirish, pora olish va korrupsiya kabi ayblovlarni o‘z ichiga oladi.

Ayblovlar asosan Trampning shaxsiy boyliklari va hokimiyatni markazlashtirishga oid harakatlari bilan bog‘liq.

Shu bilan birga, impichment taklifi amalga oshishi ehtimoli juda past, chunki Har ikki palatada ham Respublikachi partiya nazoratni qo‘lida ushlab turibdi. Tanedar nazariy jihatdan impichment bo‘yicha ovoz berishni talab qilish huquqiga ega, ammo hozircha bunday niyatni bildirgani yo‘q.

Namoyandachilar palatasidagi Demokratlar yetakchisi Xakim Jeffris bu taklifni hali ko‘rib chiqmaganini aytdi. Oq uy esa hozircha rasmiy izoh bermadi.

Trampga qo‘yilgan ayblovlar orasida Kilmar Abrego Garsiyani deportatsiya qilish ham bor. Kongressmenning so‘zlariga ko‘ra, bu shaxs noqonuniy ravishda Salvadorga jo‘natilgan. Tanedar, shuningdek, Kongress ruxsatisiz Ilon Mask boshchiligida Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) tashkil etilgani va u orqali ayrim hukumat idoralarining moliyalashtirilishi qisqartirilganini ham tanqid qildi.

Impechmentga yana bir sabab sifatida Trampning savdo tariflari siyosati keltirilgan. Kongressmenning fikricha, bu xalqaro iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. 

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar