Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman bo`limi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, “TOSHISSIQQUVVATI” DUK Chilonzor tumani issiqlik tarqatish bo`limi texnik-noziri D.N. fuqaro M.ning xonadonidagi issiq suv va issiqlik energiyasidan 3,4 mln so`mlik qarzdorligini so`ndirib, joriy yilning dekabr oyiga qadar qarzdorligi mavjud emasligi haqida ma`lumotnoma rasmiylashtirib berish evaziga 270 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.