“Real Madrid” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Forbes jurnali talqini bo`yicha dunyodagi mahshur insonlarning daromadi reytingida to`rtinchi o`rinni egalladi. Bu haqda “Championat.com” xabar berdi.
Ronaldu dunyo yulduzlari orasida to`rtinchi bo`lishiga qaramay, sport olamida hamon birinchilikni saqlab turibdi. 31 yoshli futbolchi 2015 yil mobaynida 88 million dollar daromad topdi. Uning daromadi klubdagi oylik maoshi, reklama va turli bonuslardan kelib tushgan.
“Barselona” etakchisi Lionel Messi ushbu reytingda TOP-10 ga kirdi. Argentinalikning daromdi 81,5 million dollarni tashkil qildi. Sportchilar orasida esa u ikkinchi o`rinni egalladi.
Eng serdaromad mashhur insonlar orasida birinchi o`rin amerikalik xonanda Teylor Svifta nasib etdi. U bir yil davomida 170 million dollar ishladi. Buyuk Britaniyaning “One Direction” musiqa guruhi 110 million dollar bilan ikkinchi, yozuvchi Jeyms Patterson 95 million bilan uchinchi o`rinni band qildi.