Ijtimoiy tarmoqlarda O`rikzor bozori hududida issiq suv trubasi yorilgani bo`yicha videolar tarqaldi. Ushbu holat bo`yicha Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi munosabat bildirdi.
Unga ko`ra, hozirgi vaqtda barcha kommunal tizimlarda kuz-qish mavsumiga sinov-tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, issiq suv trubasi yorilgan ushbu bozor hududidan o`tgan tarmoqda ham katta bosimda sinov ishlari olib borilayotgan bo`lgan va Di 800 mm magistral issiqlik tarmog`ida quvur yorilishi kuzatilgan.
"Ayni daqiqada mutaxassislar holatni bartaraf etish bo`yicha ishlashmoqda", - deyiladi xabarda.