AsosiyJamiyat

"8-sinf o`quvchisi qahramonlik qildi..." Qashqadaryoda artezian quduqdan qutqarib olingan 6 yoshli bola voqeasi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

'"8-sinf o`quvchisi qahramonlik qildi..." Qashqadaryoda artezian quduqdan qutqarib olingan 6 yoshli bola voqeasi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi'ning rasmi

Sal avval, Qashqadaryoda 200 diametrli artezian quduqqa tushib ketgan 6 yoshli bola 1 kun o`tib qutqarib olingani xabar qilingan edi. FVV matbuot xizmati quduqdan qutqarib olingan bola to`g`risida qo`shimcha ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, maxsus qutqaruv operasiyasida “Qalqama” mahallasida yashovchi 109-sonli maktabning 8-sinf o`quvchisi Ozodbek Yo`ldoshev ham qatnashdi. Kichik qahramon qutqaruvchi akalari va maxsus asbob-anjomlar yordamida quduqning tor tuynugidan mardonavor o`tib, bolakayni olib chiqdi.  

O`z navbatida, yosh xaloskor qahramon - Ozodbekka barcha yurtdoshlarimiz qatori Favqulodda vaziyatlar vazirligi ulkan minnatdorlik bildiradi.

O`z vaqtida va tezkor olib borilgan qutqaruv operasiyasi muvaffaqiyatli yakunlanib, bolajon hayoti saqlab qolindi, ayni vaqtda bolakay shifokorlar nazoratida, ota-onasi bag`rida.  

 

    Boshqa yangiliklar