Xonanda Sharof Muqimov o`zi va rafiqasi Sevinch Mo`minovaning suratini “Instagram”dagi sahifasiga joylab, ushbu surat ostiga Erkin Vohidovning quyidagi she`r misralarini yozib qoldirgan:
“Sevgi shunday navbahorki,
U tikandin gul qilur.
Toshga jonu til bag`ishlab,
Zog`ni ham bulbul qilur.
Sevgi shunday dard erurki,
Jonga undan yo`q omon,
Gulhanida o`rtab-o`rtab,
Bir kun ohir kul qilur!”
Avvalroq Sevinch Mo`minova turmush o`rtog`i haqida umuman gapirishni istamasligini, bugungacha juda ko`p narsalarni tushunib etganini, ota-ona, opa-ukalardan boshqa hech kimga ishonib bo`lmasligini aytgan edi.
Sharofning ushbu she`ri rafiqasi bilan munosabatlarni yaxshilash maqsadida yozilgan bo`lsa ajab emas.





