1

Nukuslik erkak kelini va qudasini qasddan o`ldirdi

Jinoyat 13.06.2022, 19:24
Nukuslik erkak kelini va qudasini qasddan o`ldirdi

Bu haqda Qoraqalpog`iston Prokuraturasi xabar qilmoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, Nukus tumanida yashovchi S.K.(ayol kishi) 10 iyun kuni qaynotasi E.S. bilan o`zaro janjallashib onasi Sh.K.ning uyiga arazlab ketib qolgan.

11 iyul kuni soat 14:00larda S.K. onasi Sh.K. va yangasi J.A. bilan birga qaynotasi E.S. bilan qolgan 2020 yilda tug`ilgan, voyaga etmagan farzandini olib ketish uchun borgan vaqtida, o`rtada kelib chiqqan janjal tufayli qaynotasi E.S. qo`lidagi temir jism bilan S.K. va uning onasi Sh.K.larni urib qasddan o`ldirgan. Shundan keyin ular bilan birga kelgan fuqaro J.A.ning bosh va yuz qismlariga hamda tanasining boshqa joylariga bir necha marta o`rib o`ldirmoqchi bo`lgan.  ShShu vaqtda J.A. voqea joyidan qochib yashirinib, og`ir tan jarohatlari bilan Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Nukus tumani prokuraturasi tomonidan holat bo`yicha JKning 97-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, E.S. JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

"Hozirda jinoyat ishi bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda" deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1