Haqiqiy muhabbatning yo`lini hech nima, hatto dovul ham to`solmaydi. Xitoylik kelin-kuyov noqulay vaziyatda qoldi, to`yga taklif etilgan 300 kishidan deyarli hech kim nikoh oqshomiga kelmadi, deb xabar berdi “Misstits.ru” nashri.
Bu voqea o`tgan haftaning dam olish kunida ro`y berdi. Xitoyning bir qancha viloyatlarida yuz bergan dovul tufayli odamlar uydan chiqishga xavfsirashgan. Ammo tabiiy ofat kelin Chjou Tyanni yo`ldan qaytara olmadi, u sevgan yori bilan nikohdan o`tdi. 300 kishiga mo`ljallab, bezatilgan to`yxona bo`m-bo`sh, yaqin qarindoshlari bo`lmish 10 kishi tashrif buyurishiga qaramay, kuyov ham kelinni mehrob yonida kutdi.
Kelin-kuyov bir-biriga nikoh qasamini aytayotganda, kelin Chjou shunday dedi: “ Mehmonlarning, qo`llab-quvvatlovchi insonlarning, mushakbozlikning yo`qligi meni tashvishga solmaydi. Asosiysi siz yonimdasiz, yomg`irdan ivib ketgan kiyimingizning ham ahamiyati yo`q, qanday voqea ro`y berishidan qat`i nazar, baribir sizga turmushga chiqaman!”. Kelinning so`zlari to`yga kelgan kam sonli mehmonlarni larzaga soldi va ular bu voqeani ijtimoiy tarmoqqa joylashdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari kelinni olqishlab, minglab repost va layk bosishdi.
01.10.2022, 14:39
Samarqanddagi to`yxonada yaqinlarining qarovsiziligi sabab yo`qolgan bolakay, bazmgoh atrofidagi 8 metrlik quduqqa tushib ketganligi aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha,...20.07.2022, 09:30
Pokistonda to`yda ishtirok etish uchun kelayotgan mehmonlar bo`lgan qayiq cho`kib ketdi, deya xorij OAVga asoslanib yozmoqda "Zamon.uz"Ma`lum qilinishicha, kamida 20 kishi halok bo`lgan. Ular ayollar...20.09.2021, 10:56
Avval xabar berganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining yig`ilishida O`zbekistonda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va ma`naviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli o`tkazish uchun qulay...19.08.2019, 20:34
Aktyor va shoumen Aziz Umrzoqov 17 avgust kuni oila qurdi. Aziz va Zarinaxonning nikoh oqshomi poytaxtdagi restoranlardan birida bo`lib o`tdi.