Ishtixon tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Shuhrat Negmatov boshqa ishga o`tishi munosabati bilan o`z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, sessiyada deputatlar tomonidan Fazliddin Ro`ziev nomzodi Ishtixon tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Mazkur tayinlovga qadar F.Ro`ziev O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahalliy sanoatni va kooperasiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mudirining o`rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Eslatib o`tamiz, sal avval Samarqand viloyat Qo`shrabot tumaniga ham hokim tayinlangani xabar qilingan edi.






