AsosiyJinoyat

Toshkentda "elektr tarmoqlari korxonasining xodimlari" ushlandi

'Toshkentda "elektr tarmoqlari korxonasining xodimlari" ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti holat yuzasidan xabardor qilmoqda.

Qayd etilishicha, M.Yu. va D.K.lar Yunusobod tumanidagi xonadonning elektr hisoblagichi (tamg`alari buzilmagan) go`yoki noto`g`ri ulanganligini ro`kach qilishib, shu bo`yicha tarmoqdan uzish haqida tuzilgan dalolatnomani ro`yxatdan o`tkazmaslik evaziga xonadon egasi A.dan 200 AQSh dollarini olishgan. Ular bu vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo`lga tushishgan.

Shuningdek, o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Yunusobod tumani ETK ASKUE xodimi X.M. fuqaro M.Yu.ga 22-sonli soxta guvohnomani yasab berganligi aniqlangan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar