1

Toshkentda kredit mablag`idan 187,5 mln so`mini talon-toroj qilgan fuqaro qo`lga olindi

Jinoyat 16.06.2022, 15:20
Toshkentda kredit mablag`idan 187,5 mln so`mini talon-toroj qilgan fuqaro qo`lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, fuqaro F.I. turmush o`rtog`i Z. rahbarligidagi “M.L.” MChJni norasmiy boshqarib kelib, aslida o`zida mavjud bo`lgan 2 dona “Inkubator” uskunasini go`yoki MChJga sotib olish uchun bank filialidan 375 mln so`m kredit mablag`i ajratilishiga erishib, ushbu kreditning yarmini to`lab, qolgan 187,5 mln so`mini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1