AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" 17 iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi

'"O`zgidromet" 17 iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha quruq va issiq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatining va Farg`ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 34-39°, janubda va cho`l hududlarda 40-42° gacha bo`ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 36-38° gacha isiydi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-29° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar