AsosiyJamiyat

Toshkentning ayrim tumanlari vaqtincha gaz ta`minotidan uziladi

'Toshkentning ayrim tumanlari vaqtincha gaz ta`minotidan uziladi'ning rasmi

Yunusobod tumani, Toshkent xalqa avtomobil yõli kõchasidagi gaz quvurida ta`mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 2022-yil 17-iyun kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha Soipova, Baraka kõchasida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Yashnobod tumani, Parkent va Temirchi kõchasida joylashgan er usti õrta bosimli D-57 mm gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022-yil 17-iyun kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha yuqorida kõrsatilgan manzilda gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.

"Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi", – deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar