Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasiga Kaliningrad shahrida yakka tadbirkor korxonasida oddiy ishchi vazifasida ishlab kelgan fuqaro D.X. murojaat qildi.
O`rganishlardan ma`lum bo`lishicha, yurtdoshimizning hujjatlari moliyaviy qarzdorligi sabab tadbirkor tomonidan olib qo`yilgan. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.
Vakolatxona xodimlari Sovetskiy tumani polisiya bo`limi bilan hamkorlikda fuqaroga pasportini olib berdi.
Shu bilan birga, yurtdoshimiz Kaliningrad shahridagi o`zbek diasporasi bilan hamkorlikda vaqtincha yashash hamda ish joyi bilan ta`minlandi.






