Ayni paytda Markaziy Osiyo xalqaro institutida ShHT Xartiyasining 20 yilligiga bag`ishlangan “Shanxay hamkorlik tashkiloti: Markaziy Osiyodan Evroosiyogacha” mavzusida konferensiya boshlandi.
Anjuman Markaziy Osiyo xalqaro instituti tomonidan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan o`zaro hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Xalqaro konferensiyada ShHTga a`zo davlatlar Milliy koordinatorlari, ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kotibiyati va Ijroiya qo`mitasi xodimlari, Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Xitoy, Eron, Hindiston, Pokiston, Belarus, Ozarbayjon tahlil tuzilmalarining etakchi ekspertlari hamda O`zbekiston vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etmoqda.






