Bugun kunduz kuni O`zbekistonning katta qismida quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyatida kechga tomon va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39° atrofida saqlanib turadi.
Poytaxtimizda kechga tomon qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 35-37° gacha isiydi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-29° bo`ladi.






